Omborbek — doʻkon uchun ombor va kassa dasturiHar bir tovar hisobda, har bir soʻm nazoratda
Omborbek — doʻkonlar uchun ombor, kassa va pul hisobi. Kassir shtrix-kodni skanerlaydi, chek chiqadi, qoldiq va foyda shu zahoti yangilanadi.
- Kompyuter, planshet va telefonda
- USB skaner yoki telefon kamerasi
- Toʻliq oʻzbek tilida
- Tovarni skanerlang
Qanday ishlashini koʻring
Ikki qisqa video: kassada skaner bilan sotuv va omborda telefon bilan kirim. Bob ustiga bossangiz, oʻsha joydan koʻrsatadi.
Sotuvchi skaner bilan sotadi
Tovar skanerlanadi, chekka tushadi, mijoz toʻlaydi — qoldiq shu zahoti kamayadi.
Doʻkonning butun hisobi bir joyda
Kassa, tovarlar, ombor, pul va qarzlar bir-biriga bogʻlangan: kassada sotilgan tovar omborda kamayadi, puli kassaga, foydasi hisobotga tushadi.
- Hisobotlar va Excel eksport
- Fiskal chek (onlayn NKM)
- Internetsiz kassa
- Telefon bilan inventarizatsiya
Kassa
Kassir tovarni skanerlaydi, mijoz qanday toʻlasa shunday qabul qiladi. Har bir chek smenaga yoziladi.
- Kassa ekrani kompyuter, planshet yoki telefonda — ilova sifatida oʻrnatiladi
- Naqd, Uzcard, Humo, Click, Payme va aralash toʻlov, qaytim avtomatik
- Nasiya mijoz nomiga yoziladi, qarz toʻlovi shu kassada qabul qilinadi
- Chegirma va qaytarish — limitdan oshsa rahbar PIN-kodi bilan
- Smena ochish va yopish, X va Z hisobot, kassadagi naqd farqi
- 58 va 80 mm termo chek, kechiktirilgan cheklar
Toʻrt qadamda ishga tushadi
Roʻyxatdan oʻtish, sozlash bilan ovora boʻlmaysiz — tashkilotingiz hisobini biz ochib beramiz.
- 1
Bogʻlanasiz
Telegram yoki telefon orqali. Doʻkoningiz, tovarlar soni va kassalar haqida qisqacha soʻraymiz.
- 2
Tashkilotingizni ochamiz
Doʻkon, ombor, kassa va admin hisobi tayyor holda beriladi — login va parol bilan.
- 3
Tovarlarni kiritasiz
Excel shablon orqali bir martada yoki skaner bilan birma-bir. Kodsiz tovarlarga ichki shtrix-kod beriladi.
- 4
Sotishni boshlaysiz
Xodimlarni qoʻshasiz, kassir oʻz login-paroli bilan kiradi va kassa ekrani ochiladi.
Bor uskunangiz bilan ishlaydi
Maxsus kassa apparati shart emas. Kompyuter yoki telefon bilan boshlab, keyin skaner va printer qoʻshishingiz mumkin.
Shtrix-kod skaneri
Har qanday USB yoki Bluetooth skaner. Sozlash shart emas — ulaysiz va skanerlaysiz.
Telefon kamerasi
Android telefonda Chrome orqali kamera skaner boʻladi. Omborda kirim uchun qulay.
Termo printer
58 yoki 80 mm chek printeri. Chek avtomatik chiqishi mumkin.
Yorliq printeri
Narx yorligʻi va shtrix-kod: termo yorliq yoki oddiy A4 printer.
Kompyuter yoki planshet
Brauzer kifoya. Kassa ekranini ilova sifatida oʻrnatish mumkin.
Toʻlov usullari
- Naqd
- Uzcard
- Humo
- Click
- Payme
- Apple Pay
- Google Pay
- Nasiya
Qaysi doʻkonlar uchun
Tovari shtrix-kodli yoki kodsiz — har qanday chakana va ulgurji savdo.
- Oziq-ovqat doʻkoni
- Minimarket
- Kiyim-kechak
- Poyabzal
- Elektronika va telefonlar
- Xoʻjalik mollari
- Qurilish mollari
- Kosmetika
- Kanselyariya
- Avto ehtiyot qismlar
- Oʻyinchoqlar
- Ulgurji ombor
Koʻp soʻraladigan savollar
Javob topa olmadingizmi? Telegramda yozing — ish vaqtida tez javob beramiz.
Omborbek qanday dastur?
Omborbek — doʻkonlar uchun ombor (sklad), kassa va pul hisobi dasturi. Tovarlar katalogi, kirim va qoldiq, shtrix-kod bilan sotuv, nasiya, xarajatlar va qarzlar bitta tizimda yuritiladi. Dasturni IM-TEK jamoasi ishlab chiqqan.
Dasturni kompyuterga oʻrnatish kerakmi?
Yoʻq. Omborbek brauzerda ishlaydi: kompyuter, planshet yoki telefonda erp.omborbek.uz manziliga kirasiz. Kassa ekranini ilova sifatida oʻrnatib, ish stolidan ochish ham mumkin.
Qanday skaner kerak?
Doʻkonlarda sotiladigan oddiy USB yoki Bluetooth skaner yetarli — u klaviatura kabi ishlaydi, alohida dastur oʻrnatilmaydi. Android telefonda kamerani ham skaner sifatida ishlatish mumkin.
iPhone kamerasi bilan skanerlasa boʻladimi?
Hozircha iPhone brauzeri kamera orqali shtrix-kod oʻqishni qoʻllamaydi. iPhone yoki iPad bilan Bluetooth skaner ishlating yoki kodni qoʻlda kiriting.
Tovarlarim koʻp. Hammasini birma-bir kiritamanmi?
Yoʻq. Excel shablonini yuklab olasiz, tovarlarni toʻldirasiz va bir martada yuklaysiz — 5 000 qatorgacha. Tizim yuklashdan oldin har qatorni tekshirib, xatosini koʻrsatadi.
Internet uzilib qolsa nima boʻladi?
Hozir kassa internet bilan ishlaydi. Internetsiz rejim tayyorlanmoqda: cheklar qurilmada saqlanib, aloqa tiklanganda serverga yuboriladi.
Fiskal chek chiqaradimi?
Fiskal cheklar navbati tizimda tayyor, onlayn NKM provayderini ulash ustida ishlayapmiz. Ulanish sanasini demo paytida aytamiz.
Xodim oʻgʻirlik qilmasligiga qanday ishonch bor?
Qoldiq va pul faqat hujjat orqali oʻzgaradi, oʻtkazilgan hujjatni tahrirlab boʻlmaydi — faqat bekor qilinadi va bu iz qoldiradi. Chegirma, qaytarish va nasiya limitdan oshsa rahbar PIN-kodi soʻraladi. Kassa smenasi yopilganda kutilgan va sanalgan naqd farqi koʻrinadi.
Bir nechta doʻkonim bor. Mos keladimi?
Ha. Bitta tashkilotda bir nechta doʻkon, ombor va kassa ochiladi. Har bir xodimning roli oʻz doʻkoniga bogʻlanadi va u faqat shu doʻkon maʼlumotini koʻradi.
Narxi qancha?
Narx doʻkonlar va kassalar soniga bogʻliq. Telegramga yozing yoki qoʻngʻiroq qiling — demo koʻrsatamiz va sizga mos tarifni aytamiz.
Doʻkoningizda koʻrsatib beramiz
Telegramga yozing yoki qoʻngʻiroq qiling. Doʻkoningizga mos sozlab, demo koʻrsatamiz va narxini aytamiz.
- Telefon
- +998 95 676 13 02
- Telegram
- @im_tek_admin
- info@im-tek.uz
- Ish vaqti
- Dushanba–juma, 09:00–18:00
- Manzil
- Toshkent